Shvetsiyaning West Atlantic kompaniyasiga tegishli pochta samolyoti 8-yanvar, juma kuniga o‘tar kechasi halokatga uchradi. Oslo aeroportidan Norvegiyaning Tromsyo shahriga uchayotgan samolyot qulab tushgandan so‘ng, Shvetsiyaning shimoli-g‘arbidagi Norvegiya bilan chegaraga yaqin joydan topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Shvetsiya radiosining ma’lum qilishicha, Akkayaure ko‘li yaqinidan topilgan samolyot bortida ikki kishi bo‘lgan. Shvetsiya qutqaruvchilari halokat haqidagi signalni mahalliy vaqt bo‘yicha 00:30 da qabul qildi.
Halokat sabablari hozircha noma’lum. Uchish hududida ob-havo sharoitlari yaxshi bo‘lgan.
Samolyotdan faqat kichik bo‘laklar qolgan. Samolyot bortidagi odamlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Shvetsiya OAVlari ularni bedarak yo‘qolgan deb qayd etmoqda. Qulab tushgan samolyotning markasi Canadair CRJ 200 bo‘lgan.
Izoh (0)