Rossiyaning Vladivostok shahridan Petropavlovsk-Kamchatskiy shahriga parvoz qilayotgan samolyotda bo‘lgan mast yo‘lovchi laynerni portlatib yuborish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilmoqda.
Xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, samolyot Petropavlovsk-Kamchatskiyda yerga qo‘ngandan keyin, havo kemasi uzoqroq joyga olib borilib, buzg‘unchi bortga chiqqan politsiyachilar qo‘liga topshirildi.
Ta’kidlanishicha, samolyot yo‘lovchilarning qo‘l va bagaj yuklari tekshirilgan, lekin portlovchi moslama topilmagan. Hodisa aeroportning kundalik ishiga ta’sir qilmadi va reyslarning to‘xtatilishiga olb kelmadi.
Izoh (0)