AQSh prezidenti Barak Obamaning hech qachon shaxsiy quroli bo‘lmagan. 7-yanvar, payshanba kuni CNN telekanali efiridagi prezidentning mamlakat aholisi bilan suhbati ushbu ma’lumot bilan boshlandi, deb xabar beradi “TASS”.
“Mening egaligimda hech qachon qurol bo‘lmagan”, — dedi Vashington ma’muriyati rahbari.
Prezident, shuningdek, uning Kemp-Deviddagi qarorgohida stendda otish uchun mo‘ljallangan qurilma borligini, biroq undan ba’zi paytlardagina foydalanishini ma’lum qildi.
“Biroq bu merganlik bo‘yicha biror narsaga da’vogarlik qilishimni anglatmaydi”, — dedi tabassum bilan Obama.
Prezident tomonidan mamlakatda o‘qotar qurollar muomalasi yuzasidan nazoratni kuchaytirish uchun shu kunlarda qabul qilingan choralar suhbat uchun sabab bo‘ldi.
Izoh (0)