Rossiya harbiy razvedkasi rahbari — Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i, general-polkovnik Igor Sergun 59 yoshida vafot etdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning yaqinlariga hamdardlik telerammasi yo‘lladi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Hamkasblari va qo‘l ostidagilari uni haqiqiy jangovar zobit, tajribali va ishning ko‘zini biladigan qo‘mondon, katta jasorat egasi, haqiqiy vatanparvar sifatida bilardi. Professionalligi, qat’iyati, halolligi uchun hurmat qilardi”, — deyiladi mazkur telegrammada.
Putin Suvorov nomli bilim yurti kursantligidan Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘igacha bo‘lgan bosqichlardan o‘tgan Igor Sergun hayotini Rossiya va uning qurolli kuchlariga bag‘ishlaganini ta’kidlagan.
Izoh (0)