Turkiya hukumati 5-yanvar, seshanba kuni Ayvalik shahri plyajidan qayiqning halokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lgan to‘qqiz nafar muhojirning jasadini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Izmirdan Gretsiyaning Lesbos oroliga yo‘l olgan qayiqda 22 nafar muhojir bo‘lgan. Biroq qayiq qattiq shamol natijasida ag‘darilib ketgan. Qirg‘oq mudofaasi sakkiz kishini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hodisa yuz bergan hududda qutqaruv operatsiyalarini o‘tkazmoqda.
Izoh (0)