Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2015-yilning eng yaxshi pleymeykeri, ya’ni hujum vaqtida jamoaning o‘ynash usulini belgilab beruvchi o‘yinchini aniqladi. Bu haqda “Uff.uz” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, natijalar ovoz berish yo‘li bilan qabul qilindi.
Ushbu sovrin ilk marotaba hujumchiga berilib, “Barselona” futbol jamoasining o‘yinchisi Lionel Messi 165 ochko bilan eng yaxshi pleymeyker deb tan olindi.
Ikkinchi o‘ringa 91 ochko bilan Andres Inyesta va uchinchi o‘ringa 54 ochko bilan Andrea Pirlo munosib ko‘rildi.
Ro‘yxatdagi birinchi o‘ntalik quyidagicha tuzildi:
- Lionel Messi, “Barselona” ― 165
- Andres Inyesta, “Barselona” ― 91
- Andrea Pirlo, “Yuventus” / “Nyu-York Siti” ― 165
- Eden Azar, “Chelsi” ― 22
- Kevin de Bryuyne, “Volfsburg” ― 22
- Yaya Ture, “Manchester Siti” ― 13
- Toni Kroos, “Real” ― 11
- Luka Modrich, “Real” ― 11
- Xames Rodriges, “Real” ― 10
- Xavyer Pastore, “PSJ” ― 10
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike IFFHS versiyasi bo‘yicha 2015-yilning eng yaxshi klub murabbiyi deb topildi.
Izoh (0)