“O‘zbektelekom” AK 2016-yil 5-yanvardan 5-fevralgacha bo‘lgan muddat mobaynida taqdim etiladigan internet xizmatlarining sifati yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu kompaniya hamkorlari tarmog‘ida ishlar olib borilishi bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbektelekom” 2016-yil 5-yanvarga qadar taqdim etilayotgan internet xizmatlari sifati yomonlashishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining hamkorlari tarmog‘idagi ishlar 12-oktabrdan beri uzluksiz davom etmoqda.
Izoh (0)