O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston” telekanali ijodkorlari bu safar har yilgidan-da o‘zgacha, eng zamonaviy yuqori texnologiyalar yordamida Yangi yil bayram dasturini tayyorlab, 31-dekabr kuni kechki efir soatlarida namoyish etdi. Bu haqda “Daryo”ning MTRKdagi manbasi xabar bermoqda.
Unda senatorlar, deputatlar, shuningdek, fan-ta’lim, madaniyat va sport sohasining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalari hamda mashhur san’atkorlar ishtirok etdi.
200 dan ortiq mashhurlar tashrif buyurgan bayram oqshomini tasvirga olish jarayonida zamonaviy LED elektron monitorlaridan va eng so‘nggi rusumdagi kamera va yoritgich, bezak vositalaridan, mediatexnologiya uskunalaridan unumli foydalanildi.
Izoh (0)