Ural federal universiteti (UrFU) olimlari Antarktidada meteorit moddasining ikkita namunasini aniqladi, deya xabar bermoqda “TASS” Rossiya Fanlar akademiyasi meteoritlar qo‘mitasi a’zosi, professor Viktor Groxovskiyga tayanib.
Kelib chiqishi koinotga taalluqli bo‘lgan ikkita jism namunasi UrFU Antarktida meteorit ekspeditsiyasining ilk ikki kuni davomida topilgan. Ularni o‘rganishga yanvar o‘rtalarida kirishiladi.
Meteorit ekspeditsiyasi Yekaterinburgdan 14-dekabr kuni jo‘nab ketib, ikki kun Keyptaungacha yo‘l yurgan, yana uch kunda Janubiy Afrikaga yetib olgan va shundan keyin Antarktidaga uchib ketgan. Tadqiqotlar Rossiyaning Novolazarevskaya stansiyasidan 100 km masofadagi Qirolicha Mod o‘lkasi hududida olib borilmoqda.
Izoh (0)