Vyetnam Xitoyni o‘z suverenitetini buzishda rasman aybladi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Le Xay Bin ta’kidlashicha, Xitoy Xalq Respublikasi samolyoti “Xitoy tomonidan Vyetnamning Spratli arxipelagiga tegishli ‘Olovli xoch’ qoyasiga noqonuniy ravishda qurilgan” aerodromga qo‘ngan.
“Vyetnam yuqorida aytib o‘tilgan harakatlarga qat’iyan qarshi chiqadi, bunday aksiyalar zudlik bilan to‘xtatilishini talab qiladi”, — dedi Vyetnam TIV rasmiy vakili. Xanoy tegishli notani Xitoy elchixonasiga yo‘naltirdi.
Izoh (0)