AQSh prezidenti Barak Obama Missuri shtatida 10 dan ortiq kishini hayotdan olib ketgan suv toshqinlari munosabati bilan favqulodda holat e’lon qildi, deya xabar bermoqda “TASS” Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.
Shuningdek, prezident mahalliy hukumat kuchli shamol, tornado va suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan hududda ofat oqibatlari bilan kurash bo‘yicha olib borayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlash uchun federal ko‘mak yuborishni buyurdi.
Endi milliy xavfsizlik vazirligi va favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha federal agentlik mahalliy aholiga yordam ko‘rsatib, birinchi navbatda, odamlar halokatiga yo‘l qo‘ymaslik va fuqarolar mulklarini himoya qilish bo‘yicha ishlar olib boradi.
Izoh (0)