KXDR hukumati vodorod bombasini sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Kommersant”. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ma’ruzasiga tayanib, “Ryonxap” agentligi xabar bermoqda.
Harbiy muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan termoyadroviy qurol-yarog‘lar yaratish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. “Shimoliy Koreya tomonidan Pungyo-ri uyezdidagi poligonga yangi tunnelning qurilishi termoyadroviy qurol-yarog‘larni sinab ko‘rishga tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini istisno qila olmaymiz… KXDRda termoyadroviy qurol uchun poydevor bo‘lishi mumkin”, — deyiladi ma’ruzada.
Nashr eslatishicha, o‘tgan yil noyabrida KXDR rahbari Kim Chen In mamlakat hukumati, “agar zarur bo‘lsa, atom va vodorod bombasini portlatishga tayyorligi”ni e’lon qilgan edi.
Izoh (0)