Misrda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi 23 guruh ma’murlari hibsga olindi. 25-yanvarda nishonlanadigan inqilobning 5 yilligi arafasida rasmiylar guruh ishtirokchilari da’vat etayotgan yangi norozilik aksiyalaridan xavfsiramoqda, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Fitnada ayblanib, ikki erkak va bir ayol qo‘lga olingan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, ular mamlakatda man etilgan “Musulmon birodarlari” tashkiloti tarafdori bo‘lgan. 2011-yilda ijtimoiy tarmoqlar Misrda inqilobni uyushtirishda muhim rol o‘ynagan va hukumat bu holat yana takrorlanishini istamaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Misrda Free Basics servisi (Facebook funksiyalaridan bepul foydalanish) blokirovka qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)