Poyezdlardan birida, go‘yoki, portlash tayyorlanayotgani haqida ma’lumot kelib tushgach, politsiya Nyu-Dehli markaziy vokzalida tekshiruv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “RBK”. Shu tufayli ko‘plab poyezdlar kechikmoqda.
Portlash haqida politsiyaga anonim maktub orqali xabar berilgan. Unda aytilishicha, portlash Dehli—Kampur poyezdlaridan birida 72 soat ichida sodir bo‘lishi kerak. Endi politsiya ushbu poyezdlarni diqqat bilan ko‘zdan kechirmoqda.
Izoh (0)