Futbol bo‘yicha Kot-d’Ivuar terma jamoasi va Germaniyadagi Myonxengladbax shahrining “Borussiya” klubi sobiq himoyachisi Stiv Goxuri Reyn daryosida o‘lik holda topildi. Bu haqda Bild nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Sport Ekspress” xabar qilmoqda.
34 yoshli futbolchi uch haftadan beri bedarak yo‘qolgan deb hisoblanib kelinayotgandi.
O‘tkazilgan autopsiya xulosasiga ko‘ra, o‘lim zo‘ravonlik natijasida yuz bermaganligi aniqlandi. Taxminlarga ko‘ra, Goxuri daryoga tushib ketishidan oldin giyohvand moddasi ta’sirida bo‘lgan.
Izoh (0)