Braziliya shimoli-sharqidagi Seara shtati trassalaridan birida 2-yanvar, shanba kuni ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida 7 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat olgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Globo telekanalining ma’lum qilishicha, yengil avtomobil haydovchisi ko‘zda tutilmagan joyda mashinani quvib o‘tishga harakat qilib, qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan mikroavtobus bilan to‘qnashib ketgan.
Yengil avtomobilda bo‘lgan besh kishi hodisa joyida halok bo‘ldi. Mikroavtobusda ketayotgan ona-bola ham nobud bo‘lgan. 11 nafar yaralangan yo‘lovchidan to‘rt nafarining holati og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)