Kimsasiz Fukusima: yadroviy fojiadan besh yil o‘tib
Polshalik fotosuratchi Arkadiush Podnesinskiy Yaponiyaning Fukusima prefekturasidagi yadroviy halokat yuz bergan hududda bo‘lib, dahshatli fojia oqibatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga qaror qildi, deb yozadi TravelAsk.
O‘z vaqtida Chernobil AES fojiasi oqibatlarini ham shaxsan kuzatgan Podnesinskiy: “‘Fukusima’ atom elektrostansiyasi halokatiga zilzila yoki sunami emas, odamlar sababchidir”, — deb yozadi o‘z saytida.
Elektrostansiya yaqinida qoldirib ketilgan tashlandiq avtomobillarni tabiat “yeb tugatmoqda”
Foto: TravelAsk
Ba’zi avtomobillar yovvoyi o‘tlar orasida yo‘qolishga ulgurgan
Foto: TravelAsk
Podnesinskiy radiatsiya darajasini ko‘rsatmoqda — 6,7 mkR/soat
Bu chang televizorlar tozalash ishlari vaqtida to‘plab, yig‘ib qo‘yilgan
Foto: TravelAsk
Tashlandiq supermarketdagi mahsulotlar ustini qoplagan islar
Foto: TravelAsk
Supermarketlardan olingan fotosuratlar postapokaliptik filmlardagi manzaralarni yodga soladi
Foto: TravelAsk
Ushbu kompyuter laboratoriyasi shu yerga in qurgan qushlarning axlatlari bilan ifloslangan
Foto: TravelAsk
Shoshilinch tashlab ketilgan tushlik stoli
Foto: TravelAsk
Radiatsiya zonasida joylashgan ko‘ngilochar bog‘dagi kartlar
Foto: TravelAsk
Butun xonani egallagan musiqa asboblari
Foto: TravelAsk
Zilzila sunamiga sabab bo‘lgan, sunami esa binoni vayron qilgan
Foto: TravelAsk
Bu velosipedlarning egalari jonini saqlash uchun qochgan
Foto: TravelAsk
Sinfxonalardagi darslar tabiiy ofat sabab to‘xtab qolgan
Foto: TravelAsk
Google kamerasi yordamida havodan olingan bu suratda zararlangan tuproq bilan to‘ldirilgan minglab qoplar uyumini ko‘rish mumkin
Foto: TravelAsk
Joy tejash maqsadida radioaktiv tuproqli qoplar bir-birining ustiga taxlangan
Foto: TravelAsk
Yer egalariga hukumat tomonidan bu qoplar yo‘q qilinishi haqida va’da berilgan, biroq aksariyat odamlar bu va’dalarga ko‘p ham ishonmaydi
Foto: TravelAsk
Avariyadan ko‘p o‘tmay, sigirlarning badanida oq dog‘lar paydo bo‘ldi. Bir fermerning fikricha, bunga sigirlarga berilayotgan zararlangan o‘tlar sababchi
Foto: TravelAsk
Bu yerga shunday deb yozilgan: “Yadro energiyasi — yorqin kelajak energiyasi”
Izoh (0)