29-dekabr, seshanba kuni Xitoyda eng zamonaviy Gaofen-4 sun’iy yo‘ldoshi uchirildi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. U tabiiy ofatlarni nazorat qilishda yordam berishi kerak.
Sun’iy yo‘ldoshni koinotga Long March-3B raketasi chiqarib qo‘yadi.
Sun’iy yo‘ldosh HD-kamera va geosinxronizatsiya bilan jihozlangan. Uning funksiyalari joylarni monitoring qilish, tabiiy ofatlarni, shuningdek, ob-havoni prognozlashtirishdan iborat.
Bu sakkiz yil davomida Yer yuzasini tadqiq qilish uchun loyihalashtirilgan yettita qurilmadan to‘rtinchisidir.
Izoh (0)