Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yanvar oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ikki asosiy o‘yinchisining xizmatlaridan foydalana olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Toshkentning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Bobur Yo‘ldoshev va Qarshining “Nasaf” jamoasi a’zosi Odilbek Hamrobekov tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan.
“Ularga O‘zbekistonda futbol bilan shug‘ullanishdan vaqtinchalik tiyilish tavsiya etildi”, — deyiladi O‘FF xabarida.
Izoh (0)