“Sports.ru” o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushgan sport yulduzlarini sanab o‘tdi.
David De Xea
“Manchester Yunayted” darvozaboni 1,2 funtlik shirin kulchani o‘g‘irlagani uchun qo‘lga tushgan. De Xea do‘konda kulchani olgach, hamyonini mashinada unutgani yodiga tushgani, avtoturargohga qarab ketayotganida esa soqchilar yo‘lini to‘sganini aytib bergan. Davidni jazolab o‘tirishmadi.Andrea Dossena
“Liverpul” sobiq himoyachisi supermarketda asal va go‘sht uchun pul to‘lamaganidan so‘ng qo‘lga olingan edi. Politsiya Dossenaning vajlarini qabul qildi va ayblov e’lon qilmasdan qo‘yib yubordi.Maykl Karter-Uilyams
2012-yilda basketbolchi do‘kondan xalat va qo‘lqopni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan. Ayblovdan qochish uchun u do‘konga 500 dollar to‘lagan.Jeymis Uinston
“Tampa-Bey” kvoterbeki o‘tgan bahorda supermarketdan qisqichbaqa o‘g‘irlab, qo‘lga tushgan edi. U 20 soatlik jamoat ishlari bilan jazolandi.Glen Jonson
Angliya terma jamoasi himoyachisi do‘kondan unitaz o‘rindig‘i va qorishtirgichni o‘marishga uringan. Soqchilar buni sezib qolgach, Jonson 80 funt jarima to‘lashga majbur bo‘lgan.Mayk Lik
“Sinsinnati Reds” beysbolchisi har biri 10 dollarlik oltita futbolkani o‘g‘irlagani uchun hibsga olingan. Lik aybini tan olib, uzr so‘ragach, 30 soatga jamoat ishlariga mahkum qilindi.Jennifer Kapriati
17 yoshligida tennischi qiz savdo markazida 15 dollarlik uzukni taqib ko‘rib, joyiga qaytarib qo‘ymagach, qo‘lga olingan edi. Kapriati shunchaki buni unutganini aytgach, jazolanmadi.
Izoh (0)