O‘zbekiston hukumati 2016-yil 1-yanvaridan mobil aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov hajmini oshirdi, deya xabar bermoqda UzDaily.
O‘zbekiston Prezidentining “2016-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, mobil aloqa operatorlari 2016-yilda har bir abonent uchun 1500 so‘mdan to‘laydi, bu 2015-yilga nisbatan ikki marta ko‘proqdir.
To‘lov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi, ularning soni to‘lov amalga oshiriladigan oyning so‘nggi sanasi holatiga ko‘ra aniqlanadi. Hukumat ushbu to‘lovni 2012-yilda joriy qilgan.
Izoh (0)