Elbrusda Yevropa bo‘yicha eng baland tog‘larda joylashgan kanat yo‘li ishga tushdi. Bu haqda “Rambler.Puteshestviya” sayyohlik servisi xabar beradi.
Kanat yo‘lining yuqori stansiyasi dengiz sathidan 3 847 metr balandlikda, quyi stansiyasi esa 3 455 metr balandlikda joylashgan. Kanat yo‘li sakkiz o‘rinli gandolalar bilan jihozlangan, uning uzunligi 1 675 metrni tashkil etadi. Undan soatiga 750 kishi foydalana oladi. Kelajakda u soatiga 1,5 ming kishiga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
2016-yilda tog‘ chang‘ichilarini jalb etish uchun sun’iy qor tizimini tashkil etish va muzda uchish hududini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)