Alisher Usmonov kompaniyalari Xitoyda investitsiyalarni saqlab qolib, Hindiston bozoriga ham mablag‘ kiritishni boshladi. Bu haqda milliarder “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vesti”.
“Xitoydagi aktivlarga investitsiyalarni shartli ravishda strategik va moliyaviyga bo‘lish mumkin. Masalan, Xiaomi smartfonlari ishlab chiqaruvchisiga anchayin katta miqdorda mablag‘ kiritdik. Hozir u Xitoyda bu yo‘nalishda deyarli birinchi o‘rinda. Ikkinchi kompaniya — ‘JD.com’ internet-savdo maydoni. U yerga ham katta investitsiyalar kiritilgan, ular bir necha barobar ko‘paydi”, — deya ta’kidlagan sarmoyador. Usmonovning xoldingi Alibaba internet-riteyleriga ham moliyaviy investitsiyalar kiritdi: bu yerda USM Holdindgs dastlab qo‘ygan mablag‘ 5-6 marotaba oshdi.
“Hindiston bozoriga ham sinov tariqasida investitsiyalar kirityapmiz. Biz bu bozorga va iqtisodiy o‘sishga ishonamiz. Mazkur loyihalarda ham omadimiz kelishiga ko‘zim yetib turibdi”, — deya ma’lum qilgan milliarder.
Izoh (0)