Indoneziyaning Papua provinsiyasi Sinak shahridagi aeroportga qo‘nmoqchi bo‘lgan fuqarolik samolyotini noma’lum shaxslar o‘qqa tutdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Uning bortida huquqni muhofaza qilish organlarining mahalliy politsiya shefi boshchiligidagi 30 ga yaqin xodimi bo‘lgan.
Hodisa natijasida hech kim jabr ko‘rmagan, biroq ekipaj komandiri o‘zlari parvoz qilib chiqqan aeroportga, Vamena shahriga qaytishga qaror qildi.
Huquqni muhofaza qilish organlari vakillari 27-dekabr, yakshanba kuni politsiya uchastkasiga uyushtirilgan hujum yuzasidan tekshiruv boshlashi kerak edi. Hujum oqibatida uch xodim o‘ldirilgan, yana bir kishi yaralangan edi. Bundan tashqari, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar arsenali o‘g‘irlangan.
Izoh (0)