Xitoy hukumati 2015-yilda, tekshirish davomida zararli chiqindilarni atmosferaga chiqarishning mumkin bo‘lgan eng yuqori miqdorini doimiy ravishda oshirib kelayotganligi aniqlangan 17 mingta korxonani yopdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Qarorlar, milliondan ortiq Xitoy korxonalari tekshirilgandan keyin qabul qilindi.
Hukumat vakillarinig ta’kidlashicha, tekshirishlarning ayrimlari fuqarolarning aniqlangan qoidabuzarliklar haqida bergan xabarlariga asosan o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, dam olish kunlari Pekindagi havoning ifloslanish darajasi aholining sog‘lig‘iga xavfli bo‘lgan ko‘rsatkichga yana chiqishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pekin hukumati havodagi kuchli ifloslanishga qarshi kurashish doirasida 2,1 mingta fabrikaga ishlab chiqarishni to‘xtatib turish yoki qisqartirishni buyurgan edi.
Izoh (0)