The Washington Post AQSh prezidentligiga nomzod senator Ted Kruz va maymun obrazidagi qizlari tasvirlangan karikaturani olib tashladi. Bu haqda Meduza xabar beradi. Nashr redaksiyasining ushbu qarori haqida xabar bergan The New York Times olib tashlangan karikaturani chop etdi.
Karikaturani Pulitser mukofoti laureati Enn Telnes chizdi. Uning surati senatorning tashviqot etuvchi videoroligiga javob bo‘ldi. Unda Ted Kruz bolalari bilan Rojdestvo hikoyalarini o‘qiydi. Ulardan biri Barak Obama tomonidan o‘tkazilgan sog‘liqni saqlash sohasidagi islohot Rojdestvoni o‘g‘irlagani to‘g‘risidadir. Video so‘ngida Kruzning qizi unga “Rojdestvoni qaytargan senator” deb nomlangan kitobni taqdim etadi.
https://www.youtube.com/watch?v=e3hB3iOQKjY
Enn Telnes karikaturani chizishiga Kruzning siyosiy kampaniyada bolalardan foydalanmaslik haqidagi qoidani buzganligi sabab bo‘lganligini ma’lum qildi. Bir necha soatdan so‘ng The Washington Post karikaturani redaksiya siyosatiga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, uni olib tashladi.
Ted Kruz karikaturaning chop etilishiga keskin javob qaytardi. “Bizga bolalar bog‘chasidayoq kichkina qizlarni urmaslik o‘rgatilgan. Bu yerda hech qanday murakkab narsa yo‘q. Besh va yetti yoshli qizlarning ustidan kulish mumkin emas”, — dedi senator.
Izoh (0)