Sinay yarimorolining shimolida 24-dekabr, payshanba kuni yuz bergan portlash oqibatida bir nafar politsiyachi halok bo‘lib, yana ikki nafari yaralandi. Bu haqda “Al-Ahram” bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Shimoliy Sinay provinsiyasining poytaxti Al-Arish yaqinida, politsiyachilarning xizmat avtomashinasi o‘tib ketayotgan vaqtda, yo‘lning chetiga o‘rnatilgan portlovchi moslama portlagan.Voqea sodir bo‘lgan joy huquqni muhofaza qilish xizmati xodimlari tomonidan qurshab olindi. Xavfsizlik kuchlari, boshqa portlovchi qurilmalar bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida yaqin atrofdagi hududni ko‘zdan kechirib, hujumni uyushtirgan jangarilarni qidirmoqda.
Izoh (0)