Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Suriyada kassetali bombalardan foydalanganini rad etdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Rossiya aviatsiyasi ular (kassetali bombalar)ni qo‘llamaydi”, — dedi 23-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda RF Mudofaa vazirligi vakili, general-mayor Igor Konashenkov.
Uning qayd etishicha, brifingda qatnashayotganlar orasida Xmeymim aviabazasida shaxsan bo‘lgan va samolyotlarning uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgani, ularning parvozi va qo‘nishini kechayu kunduz syomka qilgan o‘nlab xorijlik jurnalistlar bor.
“Ammo hech kim biron marta ham o‘q-dorining ushbu turi haqida hech qachon ko‘rsatmagan va hattoki, savol ham bermagan. Chunki bunday qurol Suriyadagi aviabazamizda yo‘q”, — dedi Konashenkov.
Izoh (0)