9-martda Abu-Dabidan Yer yuzi bo‘ylab sayohatga jo‘nab, 3-iyulda Gavayiga yetib kelgan Shveysariyaning quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti 2016-yil 20-aprelda parvozini davom ettirishi mumkin. Bu haqda uchuvchi Andre Borshberg 24 Heures nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz 20-aprelda Gavayi orollaridan uchib ketishga tayyor bo‘lamiz. Aynan shu paytda parvoz uchun qulay energetik ‘darcha’ ochiladi: kun uzun, tun esa qisqa bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan uchuvchi.
Borshbergning aytishicha, parvozoldi mashqlari 20-fevraldan boshlanadi, martda esa samolyot uzoq tanaffusdan so‘ng birinchi bor sinov parvozini amalga oshiradi.
Izoh (0)