O‘zbekiston avtomobil sanoatining yillik aylanmasi 4 milliard dollardan oshadi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Bugungi kunda mahalliy avtosanoat mamlakat iqtisodiyotining eng shiddat bilan rivojlanayotgan sohalaridan biri va O‘zbekiston eksport salohiyati namunasi hisoblanadi. U mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyati rivojlanishida bora-bora kattaroq rol o‘ynamoqda.
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi o‘z tuzilmasida 25 mingdan ortiq xodimlar va 4 milliard dollardan ziyod yillik aylanmaga ega.
“O‘zavtosanoat” AK tarkibiga 70 dan ortiq korxonalar, jumladan, asosiy avtomobil yig‘uvchi kompaniyalar — GM Uzbekistan AJ, “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ, JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ QK kiradi.
Izoh (0)