Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe Milliy majlis (parlament) deputatlaridan mehnat qonunchiligiga tuzatishlarni zudlik bilan qabul qilishni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Agar deputatlar bu ishni amalga oshirmasa, tarix ularni qoralaydi. Fuqarolarning hayotini yaxshilash va iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan qonunlarni qabul qilish Milliy majlisning huquqi emas, majburiyati hisoblanadi”, — dedi Janubiy Koreya yetakchisi.
Joriy yilning sentabr oyida kasaba uyushmalari vakillari, yirik kompaniyalar rahbariyati va hukumat mehnat qonunchiligini, jumladan ish beruvchining talablariga javob bermagan xodimlarni ishdan bo‘shatish jarayonini soddalashtirish yuzasidan kelishuvga erishgan edi. Biroq qonun chiqaruvchilar bir qismining qarshiligi tufayli ushbu tuzatishlar hozirga qadar qabul qilinmagan.
Pak Kin Xening so‘zlariga qaraganda, agar tuzatishlar qabul qilinmasa, bu hukumatning 2016-yilda yalpi ichki mahsulotning sezilarli darajada o‘sishiga oid rejalariga zarba beradi.
Mehnat to‘g‘risidagi yangi qonun birinchi navbatda yoshlar o‘rtasidagi ishsizlikka qarshi kurashishga qaratilgan.
Izoh (0)