22-dekabr, seshanba kuni Gretsiya parlamenti Falastinni mustaqil davlat deb tan olish foydasiga ovoz berdi. Bu haqda AFP bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
21-dekabr kuni bosh vazir Aleksis Sipras, mustaqil Falastin davlatini 1967-yildagi chegaralari doirasida tashkil etish yo‘li bilan, Falastin muammosini adolatli va yashovchan yechimining tarafdori ekanligini ma’lum qilgan.
Parlamentning qarori tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lsada, u Falastin davlatini Gretsiya tomonidan tan olinishi yo‘lidagi ilk jiddiy qadam bo‘ldi.
Izoh (0)