Pekin hukumati havodagi kuchli ifloslanishga qarshi kurashish doirasida 2,1 mingta tashkilotga ishlab chiqarishni to‘xtatib turish yoki qisqartirishni buyurdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Hukumat 18-dekabr kuni havo sifatining yomonlashganligi tufayli ekologik xavflilikning eng yuqori – “qizil” darajasini e’lon qilgan edi. U 22-dekabr, mahalliy vaqt bo‘yicha 00:00 ga qadar davom etadi.
Hukumat o‘z topshirig‘ining bajarilayotganligini tekshirish uchun tashkilotlarga har kuni inspektorlarni yubormoqda.
Havo ifloslanishining “qizil” darajasi e’lon qilinganda, mamlakatda majburiy choralar joriy etiladi. Jumladan, avtotransport harakatini qisqartirish, maktab va bolalar bog‘chalaridagi mashg‘ulotlarni to‘xtatib turish, yo‘llarni har kuni kamida bir marta yuvib turish, barcha qurilish ishlarini to‘xtatish kabilar shular jumlasidandir.
Izoh (0)