Brent turidagi neft narxi 21-dekabr, dushanba kungi savdolar chog‘ida barrel uchun 36,2 dollardan pastga tushib, 2004-yil, iyunidagi minimumni yangiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Neft bozoriga OPEKning 4-dekabrdagi qarori bosim o‘tkazishda davom etmoqda. Tashkilot kuniga 30 million barrelni tashkil etuvchi neft qazib olishga kvotani o‘zgartirmaslikka qaror qildi. Haqiqatda qazib olinayotgan neft miqdori belgilangan kvotadan 1,5 millionga oshiq, OPEK buni ham o‘zgartirishsiz qoldirmoqda.
Ekspretlar hisob-kitobiga ko‘ra, dunyo neft bozorlarida xomashyo taklifining talabdan ko‘ra oshiqligi 2016-yil oxiriga qadar saqlanib qoladi.
Izoh (0)