Xitoylik jarrohlar guruhi yetti soat davomida urishdan to‘xtab turgan yurakni muvaffaqiyatli ravishda ko‘chirib o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Operatsiya Xitoyning Futszyan provinsiyasi Fuchjou shahridagi klinika bemorlaridan biri — 24 yoshli yigit yuragini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Uning yuragini oziqlantiruvchi arteriyadagi tromb tufayli, zudlik bilan boshqa yurakni ko‘chirib o‘tkazish zarur bo‘lib qoldi.
Mos tushadigan donorni Futszyan shimolida, klinikadan uch soatlik masofada topishdi. Shifokorlar organni tanadan olib, sovitgichda keltirgunicha taxminan yetti soat o‘tdi. Biroq shuncha vaqt to‘xtab turgan yurak yangi tanaga o‘rnatilgach, birdan ura boshladi.
Shifokorlar bunga bemorning yosh ekanligi va avvaldan kuchli va sog‘lom yurakka ega bo‘lgani sabab bo‘lgan, deb hisobladi.
Izoh (0)