9—11-dekabr kunlari Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti Luiji Iperti va Turin shahri Savdo-sanoat palatasi tashqi iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Kristian Avansi rahbarligidagi Italiya biznes-missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
Xususan, Italiya delegatsiyasi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasida bo‘lib, boshqaruv raisi o‘rinbosari Qobil Azimov bilan mufassal suhbatlashdi.
“O‘zavtosanoat” 2014-yilda ishlab chiqarilgan 245,7 mingta yengil avtomobilning 55 mingtasini eksport qilgan. Doimiy ravishda “O‘zavtosanoat” AK korxonalari mahsulotlarini sotish uchun yangi bozorlar qidirib topish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Kompaniya eksport yo‘nalishlarini Shimoliy Afrika mamlakatlari va Fors ko‘rfazi davlatlari hisobiga kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)