“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer Germaniya chempionatining 17-turidagi “Gannover” (1:0) klubiga qarshi o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Shunday qilib, uning Bundesligadagi “quruq” o‘yinlari soni 143 taga yetdi, bu borada Noyer sobiq hamkasbi Uli Shtaynga tenglashib oldi.
“Bavariya”ning sobiq golkiperi Oliver Kan Germaniya chempionatida “quruq” o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi — 196 uchrashuv. U Germaniya oliy divizionida 557 ta o‘yinda shunday natijaga erishgan.
Izoh (0)