“Real” (Madrid) hujumchisi Krishtianu Ronaldu Livan poytaxti Bayrutda sodir bo‘lgan teraktlarda omon qolgan uch yoshli Haydar bilan uchrashdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Portlashlarda ota-onasini yo‘qotgan bolakay kasalxonaga “Real” libosida yetkaziladi. Uni qo‘llab-quvvatlashni istagan mahalliy jurnalist ayol Rana Harbi Twitter’da #CristianoMeetHaidar (“Krishtianu, Haydar bilan uchrash”) fleshmobini uyushtiradi.
Bu haqda xabar topgan Ronaldu bolakayni “Real”ning Rojdestvo bayramiga bag‘ishlangan tadbiriga taklif etdi. Haydar Madridda bo‘lib o‘tadigan “Rayo Valekano” bilan o‘yinni ham borib ko‘radi.
Izoh (0)