Rossiya prezidenti Vladimir Putin kareliyalik 10 yoshli o‘quvchi qiz Irina Nikitenkovaga videokamera sovg‘a qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Vladimir Vladimirovichdan minnatdorman. Videoga olishni xohlayman. Sortavalani va borgan boshqa shaharlarimni videoga olaman”, — dedi o‘quvchi qiz.
FlashNord agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, qizaloq Rossiya prezidentiga xat yozib, undan o‘z istagini ro‘yobga chiqarishin so‘ragan. O‘quvchi qiz o‘z xatida videobloger bo‘lishni orzu qilayotganini aytib o‘tgan.
O‘quvchining so‘zlariga ko‘ra, u avvallari telefoni orqali videoga olardi, biroq telefoni buzilib qolgan, qizaloqqa bunday yangi qurilmani sotib olib berishga esa buvisi va bobosining qurbi yetmaydi.
Xabar berishlaricha, qizaloqqa atalgan Putinning sovg‘asini Rossiya tarkibidagi Kareliya respublikasi rahbari Aleksandr Xudilaynen topshirgan.
Izoh (0)