Singapur bo‘g‘ozida yuk tashuvchi kema tanker bilan to‘qnashib ketgandan so‘ng, cho‘kib ketdi. Natijada olti kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Hodisa Indoneziya suv hududida, Batam orolidan 11 kilometr shimoli-g‘arbda yuz berdi. Antigua va Barbuda bayrog‘i ostida harakatlanayotgan yuk kemasi dizel yoqilg‘isi, tanker esa kimyoviy mahsulotlar olib ketayotgan edi.
Ekipaj a’zolarining olti nafari qutqarildi, yana olti nafarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Singapur dengiz va port boshqarmasining ma’lum qilishicha, kimyoviy mahsulotlar olib ketayotgan tankerga arzimas zarar yetgan.
Izoh (0)