Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod senator Ted Kruz debatlar davomida maxfiy ma’lumotlarni oshkor etishda gumon qilindi. Bu haqda Senatning razvedka bo‘yicha komissiyasi rahbari Richard Byorr ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
Respublikachilar partiyasidan nomzodlar o‘rtasida yaqinda bo‘lib o‘tgan debatlar davomida Ted Kruz 2015-yilda qabul qilingan “Erkinlik akti” maxsus xizmatlarga telefon raqamlarning deyarli 100 foizini terrorchilar bilan aloqasi yuzasidan tekshirish imkoniyatini berishini ma’lum qildi.
Uning muxolifi, razvedka bo‘yicha qo‘mita tarkibiga kiruvchi senator Mark Rubio unga javoban milliy televideniye maxfiy ma’lumotlar muhokama etiladigan joy emasligini ma’lum qildi.
Byorrning aniqlik kiritishicha, ma’lumotlarning maxfiylik darajasi masalasi har safar ommaga biror aniq raqamlar keltirilganda yuzaga keladi. Bu kabi holatlarda ushbu ma’lumot OAVda paydo bo‘lgan-bo‘lmaganlik masalasi hal etilishi lozim.
Ted Kruzning shtabida ma’lum qilinishicha, senator tomonidan keltirilgan raqamlar Washington Post va Wall Street Journal qaydlarida, shuningdek, Milliy xavfsizlik agentligi vakilining Kongressdagi ko‘rsatmalarida uchraydi.
Izoh (0)