AQSh Okean va atmosferani tadqiq qilish milliy boshqarmasining hisobotiga ko‘ra, Arktikadagi havo harorati so‘nggi 115 yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichga yetganligi ma’lum qilindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Tadqiqotlarga ko‘ra, hududdagi 2014-yil oktabr oyidan 2015-yil sentabr oyigacha bo‘lgan havo harorati o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 1,3 daraja yuqori bo‘ldi.Hisobotda ta’kidlanishicha, muzlarning erishi morjlar yashaydigan muhitning yo‘q bo‘lishiga va ayrim turdagi baliqlarning shimolga qarab ko‘chishiga olib kelmoqda.
Izoh (0)