Italiyalik Yuri Grisendi Mantui (Lombardiya) yaqinidagi Po daryosidan naq 120 kilogramm tosh bosgan laqqa baliq tutib oldi. Bahaybat baliq bilan olishuv bir soatdan oshiqqa cho‘zildi. Bu haqda Daily Mail hikoya qildi, deya xabar beradi “Segodnya.ua”.
38 yoshli Grisendi hayotining ko‘p qismini baliq oviga bag‘ishlagan, biroq bunday ulkan baliqni birinchi bor uchratganini o‘zi ham tan oldi. Laqqani ushlash deyarli tasodifan ro‘y berdi: baliq suv ostiga ketib bo‘lganda Yuri uni ilib olib, qayiqqa chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.
“Kurash bir soniya ham tinmadi. Buning uchun ko‘p kuch va chidam talab etildi, lekin hozir, fotosuratlarni tomosha qilayotganda bu qiyinchiliklar shunga arziganiganiga amin bo‘laman”, — deya ta’kidlaydi Grisendi.
https://youtu.be/wjOjq02WSc4
Izoh (0)