Nepaldagi g‘isht zavodida yuz bergan portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 25 kishi jabrlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Zavodda yuz bergan portlashdan so‘ng, g‘isht pishiruvchi pech qulab ketdi. Halok bo‘lganlardan besh nafari Hindiston fuqarosi bo‘lgan. Jabrlanganlardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilindi.
Hodisa guvohlaridan birining so‘zlariga qaraganda, apreldagi zilzila oqibatida buzilgan pech yaqinda ta’mirlangan. Hodisa ta’mirlash jarayonida foydalanilgan yog‘och va plastik konstruksiyalar mo‘rida qolib, tutun chiqishiga to‘sqinlik qilganligi natijasida yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)