Kostroma viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida olti kishi, shu jumladan, 4 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilmoqda.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar xizmati bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, Nerext tumanidagi Gorki qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risidagi xabar 14-dekabr, dushanba kuni soat 1:42 da kelib tushgan. Yong‘inning kuchayishi soat 2:00 da to‘xtatilib, soat 4:48 da butunlay bartaraf qilingan.
Yonib ketgan bir qavatli uydan halok bo‘lgan olti kishining jasadi topildi.
Yong‘inni bartaraf qilish uchun 30 nafar kishi va 10 ta texnika jalb qilindi.
Izoh (0)