Misrdagi tergov 31-oktabr kuni Sinay yarim orolida halokatga uchragan A321 bortida terakt sodir bo‘lganiga ishora qiluvchi dalillar yo‘qligini ma’lum qilmoqda, deya xabar berdi “Gazeta.ru”.
Nashr eslatishicha, avvalroq Qohirada samolyot halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni tayyorlash ishlari yakunlangani ma’lum qilingan edi.
“Texnik tekshiruv qo‘mitasi qandaydir noqonuniy hujum yoki terrorchilik harakatidan darak beruvchi hech narsani topganicha yo‘q”, — deyiladi Misr fuqarolik aviatsiyasi vazirligi bayonotida.
Izoh (0)