Noma’lum shaxslar Mali shimolidagi Gao shahriga qarata raketalar uchirdi, u yerda BMT tinchlikparvarlari va Fransiya mintaqaviy xavfsizlik kuchlari bazasi joylashgan, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa natijasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Hozircha hech qaysi guruh voqea yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga olganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 20-noyabr, juma kuni jangarilar Mali poytaxti Bamakodagi Radisson mehmonxonasiga hujum qilib, 170 kishini garovga olgan. Mamlakat prezidenti Ibragim Bubakar Keyta mazkur hujum oqibatida 19 kishi halok bo‘lganini bildirgandi.
Izoh (0)