Armaniston boshqaruvning parlament tizimiga o‘tadi. Mamlakat markaziy saylov komissiyasi 13-dekabr, yakshanba kuni e’lon qilgan referendum yakunlari natijasi shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “TASS”.
Mamlakat Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartirish kiritilishini 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda ishtirok etgan saylovchilarning 63,37 foizi ma’qullagan, 32,36 foizi esa yoqlamagan.
Shu bilan birga, markaziy saylov komissiyasi ovoz berish natijalarini bekor qilishni talab etayotgan muxolifatdagi “Arman milliy kongressi” partiyasi shikoyatini ko‘rib chiqishni ham boshladi. Muxolifat referendum chog‘i va ovozlarni hisoblab chiqish jarayonida ommaviy soxtakorliklarga yo‘l qo‘yilgani, konstitutsiyaviy islohot loyihasini yoqlab saylovchilarning 30,3 foizi ovoz bergani, aksariyat — 69,69% saylovchilar esa bunga qarshi chiqqanini da’vo qilmoqda.
Izoh (0)