Facebook rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqqa chaqaloq Maksning navbatdagi fotosini joylashtirdi. Surat ostiga “Yana bir marta pastga, bunday odimlardan minglab bo‘ladi” degan jumla izoh sifatida qoldirilgan. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sukerberg va uning turmush o‘rtog‘i Prissilla Chan 1-dekabr kuni qizli bo‘ldi. Shundan so‘ng juftlik Facebook’dagi aksiyalarining 99 foizini (hozirgi vaqtda ularning qiymati 45 milliard dollarga teng) xayriya maqsadlariga yo‘naltirishini e’lon qildi.