Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Iroqning BMTga shikoyat qilganini “noinsoflik” deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ular BMTga murojaat qilishi mumkin, ularda bunday huquq bor, biroq bu — noinsoflik bilan qo‘yilgan qadam bo‘ldi”, — dedi u.
Avvalroq Iroq hukumati kurd xalq qo‘shinlari jangchilarini tayyorlash bahonasida Turkiya Iroqqa 900 kishilik otryadni yuborganini aytgan edi. Bag‘dod bunga qarshi norozilik bildirdi, biroq Turkiya qo‘shinlarni chiqarib ketmadi.